Jamoadagi psixologik vaziyat xodimlarning oʻz kasbiy burchini samarali bajarishga yoʻnaltiradi. Shu bois, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlarining umumjamoaviy ruhini oshirish maqsadida malakali psixolog Dilbar Xojimuxamedova ishtirokida amaliy va interaktiv koʻrinishda ijtimoiy psixologik trening oʻtkazildi.
Trening natijasida Markaz xodimlari faoliyatlaridagi munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish borasida psixologik koʻnikmalarni shakllantirdilar.