Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dotsenti Rafik Shakurov va bo‘lim bosh mutaxassisi Ilxom Ishonkulov tomonidan
Andijon viloyat Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi
Andijon viloyat perinatal markazi
Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbar va xodimlari hamda
“Ishga marhamat" mono markazida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun orasida jinoyatchilik, shu jumladan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Xususan, tadbirda jinoyatchilik va korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni sodir etilishiga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, sodir etilgan jinoyatlarning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.