+998 71 200 02 35

“KONSTITUTSIYA - HUQUQ VA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI”

02.12.2022 2037

Joriy yilning 2-dekabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida “Konstitutsiya - huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Unda Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutidan mahalliy ekspertlar, yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini konstitutsiyaviy mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish, хalqaro huquq prinsiplarining konstitusiyada ifodalanishiga doir masalalarni tubdan qayta koʻrib chiqish va yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishdan iborat.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini kuchaytirish, sohaga oid huquqiy ta’lim va tadqiqotni rivojlantirish boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.