Yuristlar malakasini oshirish markaz kafedra mudiri X.Fayziyev, bo'lim mudiri Sh.Abdullayeva va mas'ul xodim M.Tolipovalar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rahbar va xodimlari uchun targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati bo'yicha atroflicha tushsuntirirshlar hamda bu yoʻnalishlarda Markazda tashkil etilgan oʻquv kurslari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Savol-javob shaklida oʻtgan tadbir davomida ishtirokchilar mavzuga oid yangiliklar yuzasidan batafsil maʼlumot oldilar.