Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan "Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish" nomli kursimiz yakunlandi hamda kurs bitiruvchilariga SERTIFIKATLAR topshirildi.
Unda Surxondaryo viloyati hamda uning tuman (shahar) hokimliklarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi mas’ul xodimlarining malakalari oshirildi.
Mazkur o‘quv kursimizda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchilar dars olib bordilar.