+998 71 200 02 35

Отдел по формированию «портфеля заказов» и маркетинга


O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazi «Buyurtmalar portfeli» va marketingni shakllantirish bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunda “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g’risidagi” 531-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan.

Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Nizomiga amal qiladi.

Bo`lim Markazning tarkibiy tuzilmasining bo`g’ini hisoblanadi, tarkibi bo`lim boshlig’i va 1 nafar bosh mutaxassisdan iborat.

Bo`lim boshlig’i – Jo`rayev Javlon

 Bo`limning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyatining yo`nalishlari

 Bo`limning maqsadi – doimiy va yangi buyurtmachilar tomonidan, Markazda ta’lim olish bo`yicha, buyurtma va takliflarning kengayishini ta’minlash.

 Asosiy vazifalari:

- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o`qish istagini bildirgan talabgorlar bilan aloqa o`rnatish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishga kelgan tinglovchilar bilan shartnomalar tuzish;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan bog’liq ta’lim hizmatlari bo`yicha marketing faoliyatini amalga oshirish.

 Faoliyatining yo`nalishlari:

 - qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o`qish istagini bildirgan talabgorlardan kelib tushgan arizalarni ko`rib chiqish va o`qishga taklif qilish;

- qayta tayyorlash va malaka oshirilishga hamda grant asosidagi treninglar o`tkazishga oid doimiy va yangi buyurtmachilar tomonidan buyurtma va takliflarning kengayishini ta’minlash maqsadida, axborot-tahliliy  faoliyat olib borish va hamkorlikni amalga oshirish;

- to`lov-shartnoma asosida yoki haq tulanmagan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari qabul rejasi, kelib tushgan arizalar, tanlov, qabul qilingan tinglovchilar soni, ularning mutaxassisliklari bo`yicha joylashtirish, o`qitish tillari va h.k. haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

- to`lov-shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilari bilan shartnomalar tuzish, schyot-fakturalarni taqdim etish va o`qish xarajatlarini o`z vaqtida to`latish choralarini ko`rish;

- Markaz tomonidan taqdim etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan bog’liq ta’lim xizmatlarini mahalliy, mintaqaviy va respublika darajasida reklamasini tashkil etishda ko`maklashish;

- soatbay asosida ishga jalb qilingan professor-o`qituvchilar bilan tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish, ularning ish vaqti hisobini yuritish.

 Bo`limning telefon raqami: + 99871 234-53-46.