+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida oʻquv seminarlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.

30.08.2022 1912

Joriy yilning 30-avgust kuni Adliya vazirligi Ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi boshligʻi  B.Azizov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining "Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida"gi Qonunning mohiyati va uni davlat boshqaruvidagi ahamiyati mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Markaz olimlari va amaliyotchi mutaxassislar mazkur Qonunchilikni takomillashtirish va sohadagi muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Seminar yakunida mavzu boʻyicha amaliyotda uchrayotgan bahsli savollarga javob olindi.