+998 71 200 02 35

“Yuridik yozishmalar va huquqiy tadqiqotlar oʻtkazish” mavzusida trening boshlandi.

16.09.2022 2020

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan xalqaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunga koʻra, Markaz yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Xususan, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Markaz oʻrtasida birgalikda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish boʻyicha manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Joriy yilning 14-16-sentabr kunlari Markaz professor-oʻqituvchi va xodimlari uchun Sietl Universitetining professori Lorel Kaari Outs tomonidan “Yuridik yozishmalar va huquqiy tadqiqotlar oʻtkazish” mavzusida  ingliz tilida mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirning birinchi kuni interfaol shaklda oʻtib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar