Bugungi kunda Yuristlar malakasini oshirish markazi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatiga ega. Bu kabi xorijda malaka oshirish amaliyotlarining joriy etilishi, tinglovchilarda tajriba va bilimlarni mustahkamlash hamda ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun 2024-yilning noyabr-dekabr oylarida YAPONIYA davlatida malaka oshirish amaliyoti tashkil etiladi.
Tinglovchilar tashrif davomida:
Xorijiy davlat adliya va yuridik soha tizimi bilan yaqindan tanishish;
Chet ellik tajribali hamkasblar bilan huquq masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashish;
Yetakchi huquqshunoslar, amaliyotchi advokat va notariuslarning ma’ruza va o‘quv seminarlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun 2024-yilning 11-20 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sank-Peterburg shaharlarida malaka oshirish amaliyoti tashkil etiladi.
Tinglovchilar tashrif davomida:
Xorijiy davlat adliya va yuridik soha tizimi bilan yaqindan tanishish;
Chet ellik tajribali hamkasblar bilan huquq masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashish;
"Державинские чтения" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.