+998 71 200 02 35

Turkiyada yuridik xizmat xodimlari malakalarini oshirdilar

12.06.2024 236

So‘ngi yillarda mamlakatimizda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda, shu o‘rinda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish muhim hisoblanadi.

Joriy yilning 31-may-7-iyun kunlari Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda mazkur bankning yuridik xizmat xodimlari uchun Turkiya davlatida tashkil etilgan malaka oshirish kursi o‘z yakuniga yetdi.

Dastlabki malaka oshirish kursi doirasida bankning 10 nafar yuridik xizmat xodimlari Tukiya davlatiga yuborildi. Tashrif davomida tinglovchilar guruhi Istambul moliya markazi (IFC), Prezidentlik moliya ofisi (Istambul), Turkiya Markaziy banki, Turkiya energetik masalalar bo‘yicha hakamlik markazlariga tashrif buyurishdi. Bank yuridik xizmat xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashib, samarali boshqaruv tizimi, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy amaliyoti, bank-moliya sohasida karyera va samaradorlikni boshqarish kabi yo‘nalishlarda amaliy tajribalarga ega bo‘lishdi.

Bugungi kunda Yuristlar malakasini oshirish markazi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatiga ega. Bu kabi xorijda malaka oshirish amaliyotlarining joriy etilishi, tinglovchilarda tajriba va bilimlarni mustahkamlash hamda ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Kelgusida mashg‘ulotlarning bir qismi xorijda amaliyot o‘tash shaklidagi malaka oshirish kurslarimiz boshqa tijorat banklari, shuningdek, boshqa sohadagi yuridik xizmat xodimlari uchun ham tashkil etilib boriladi.