+998 71 200 02 35

#Tashkent_Law_Spring

18.05.2023 1709

Moderator: Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Sherzod Rabiyev

Sessiya: “Yuridik kadrlarni uzluksiz professional rivojlantirish”

2023-yilning 17-18-may kunlari Toshkent shahrida “TOSHKENT HUQUQ BAHORI” III xalqaro yuridik forumi doirasida “Yuridik kadrlarni uzluksiz professional rivojlantirish” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad – xalqaro miqyosda yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar va bu yoʻnalishdagi muammolarni atroflicha muhokama qilish, sohadagi xalqaro tajribani ijobiy jihatlarini qayd qilish va ularni ommalashtirish, jarayonga innovatsion gʻoyalarni faol targʻib etish toʻgʻrisida fikr almashish va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida sohani yanada takomillashtirish istiqbollarini belgilashdan iborat boʻldi.

Sessiyada AQSH, Yaponiya, Rossiya, Qozogʻiston va Sloveniya davlatlaridan xorijiy ekspertlar, Respublikamizning 50 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va sud-huquq sohasi milliy institutlari vakillari, mamlakatimizdagi yuridik oliy oʻquv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

Anjumanda yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi,  yuridik fan va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolari, yuridik taʼlimdagi innovatsiyalar: mavjud muammo va yangi imkoniyatlar,  yuridik amaliyot va taʼlimning raqamli transformasiyasi hamda  mediatorlarni tayyorlash va ularning kasbiy rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tadbir yakuni boʻyicha yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi xalqaro tajribani oʻrganish asosida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish va yanada rivojlantirishga doir  tavsiyalar ishlab chiqildi.