Yuristlar malakasini oshirish markazi (http://uzmarkaz.uz/uz/) tomonidan 2022-yil 26-sentabr kuni “Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiya ishining asosiy yoʻnalishlari:
• yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi;
• yuridik fan va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolari;
• yuridik ta’limdagi innovatsiyalar: mavjud muammo va yangi imkoniyatlar;
• yuridik amaliyot va ta’limning raqamli transformasiyasi;
• sud, prokuratura va adliya organlari faoliyatining dolzarb masalalari;
• fuqarolik, oilaviy, mehnat, moliya va ekologik huquq sohasidagi jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari;
• jinoyat huquqi va kriminologiyaning nazariy va amaliy muammolari;
• korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari;
• xalqaro huquq va inson huquqlari.
Zoom platformasi havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/86150441983?pwd=R1FTQjc5S09FSHBzSktpdUl2UzZqQT09
Tadbir yakuni boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami chop etilishi munosabati bilan ilmiy maqola va tezislarni elektron shaklda +998339142407 telegram raqami yoki yuristjournal@gmail.com elektron pochtasi orqali yuborish mumkin.