+998 71 200 02 35

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar diqqatiga!

23.09.2022 1907

Yuristlar malakasini oshirish markazi (http://uzmarkaz.uz/uz/) tomonidan 2022-yil 26-sentabr kuni “Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda. 

 Konferensiya ishining asosiy yoʻnalishlari:

•  yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi;

•  yuridik fan va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolari;

•  yuridik ta’limdagi innovatsiyalar: mavjud muammo va yangi imkoniyatlar;

•  yuridik amaliyot va ta’limning raqamli transformasiyasi;

•  sud, prokuratura va adliya organlari faoliyatining dolzarb masalalari;

•  fuqarolik, oilaviy, mehnat, moliya va ekologik huquq sohasidagi jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari;

•  jinoyat huquqi va kriminologiyaning nazariy va amaliy muammolari;

•  korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari;

•  xalqaro huquq va inson huquqlari.

Zoom platformasi havolasi:

https://us06web.zoom.us/j/86150441983?pwd=R1FTQjc5S09FSHBzSktpdUl2UzZqQT09

Tadbir yakuni boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami chop etilishi munosabati bilan ilmiy maqola va tezislarni elektron shaklda +998339142407 telegram raqami yoki yuristjournal@gmail.com   elektron pochtasi orqali  yuborish mumkin.