+998 71 200 02 35

Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul e'lon qilinadi!

13.01.2026 94

Qayta tayyorlash kurslari 6 oy (24 hafta) davom etadi

Hujjatlarni qabuli: 12-yanvardan 12-fevralgacha

Qabul shakli: Onlayn yoki offlayn

Talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:

* Institut direktori nomiga ariza (qaysi tilda ta’lim olmoqchiligi va imtihon topshirmoqchiligini ko‘rsatgan holda);

* Tavsiyanoma (nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari xodimlari uchun)

* Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

* 3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;

* Maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

* Mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

Qabul suhbat shaklida o'tkaziladi. 

Kurslar o‘n nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. Shartnomaga muvofiq to'lov miqdori: 17 798 400 so'm.

Kurs yakunida sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi SERTIFIKAT beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 

       +998 91 191 47 84

Telegramdan: @ShA0484