+998 71 200 02 35

MUROJAATLAR BILAN ISHLOVCHI XODIMLARNING MALAKASINI OSHIRISH BOʻYICHA DASTLABKI OʻQUV KURSLARIMIZ BOSHLANDI

06.12.2022 1959

"Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish" dasturi asosida tashkil qilingan ilk oʻquv kurslarimiz Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki rahbar va xodimlari uchun boʻlib oʻtdi.

Mazkur oʻquv kursi davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish, ularni sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning  mazmun-mohiyati bilan  tanishtirish, xodimlarda amaliyotdagi muammolarni aniqlash va ularga yechim topish koʻnikmalarini hamda bevosita aholi bilan ishlash etikasini shakllantirishga koʻmak beradi.