+998 71 200 02 35

Mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlari uchun tematik o‘quv kurslar tashkil qilindi

25.03.2024 895

Joriy yilning 25-mart kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan tematik o‘quv kursi tashkil qilindi.

Mazkur  o‘quv kursimizda  Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llashni metodik ta’minlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i T.Azimov va boshqarma bosh maslahatchisi I.Islomov, Toshkent davlat yuridik universiteti "Fuqarolik huquqi" kafedrasi professori J.Yuldashev, shuningdek, Markazning malakali professor-o‘qituvchilari dars olib bordilar.

O‘quv kursi tinglovchilarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rganishga zamin yaratdi.