+998 71 200 02 35

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh kitobi nashr etildi

22.09.2024 1736

Yuristlar malakasini oshirish markazi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc) Doniyor Raximov, Markaz katta o'qituvchisi Zafarjon Raxmonov, Markaz katta o'qituvchisi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tadqiqotchisi Shohjahon Jumayevlar tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (yangi tahriri) sharh kitobi nashr etildi.

Qonunning moddalariga berilgan sharhlar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligidagi eng so'nggi o'zgarishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasidagi xorijiy va xalqaro tajribaga asoslangan holda tayyorlangan bo'lib, murojaatlar bilan ishlash amaliyotini bir xil shakllantirish uchun mavjud normalarning mazmun-mohiyatini to'g'ri angalagan holda tadbiq etishni maqsad qiladi.

Unda 30 dan ortiq xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash qonunchiligi tahlil qilingan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayoni bo‘yicha 24 ta namunaviy hujjat tayyorlangan (shu paytga qadar birorta qonun hujjatiga berilgan ilmiy-nazariy sharhlarda bunday namunaviy hujjatlar aks etmagan, ushbu namunaviy hujjatlarning mavjudligi esa davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyotini bir xilligini ta’minlaydi). Shuningdek,  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga doir muhim huquqiy terminlarga ilmiy-doktrinal ta’riflar keltirilgan.