+998 71 200 02 35

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLOVCHI XODIMLAR DIQQATIGA!

16.09.2024 908

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga mas’ul xodimlari uchun 2024-yil 17-sentabr kuni soat 15:00 da “Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini ta’minlash: nazariya va amaliyot” mavzusida  ilmiy-amaliy  konferensiya tashkil etilmoqda.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan chop etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi” uslubiy qo‘llanma nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur havola orqali tadbirda ishtirok etishingiz mumkin: ZOOM