+998 71 200 02 35

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI

12.12.2024 1550

Hozirgi kundagi bozor iqtisodiyotida istemolchilarning huquqlarini himoya qilish dolzarb masala sifatida nafaqat mamlakat hududi shuningdek, xalqaro miqyosda ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ozbekiston Respublikasida oz navbatida istemolchilar huquqlarini himoya qilish boyicha Fuqarolik kodeksi, “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi vaElektron tijorat togrisidagi qonunlari bilan shuningdek, qonun osti hujjatlar asosida tartibga solinadi. Ozbekiston Respublikasiningistemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi qonuning 1-moddasida iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) sifatida belgilangan. Bu norma shuni anglatadiki, faqatgina jismoniy shaxslargina istemolchi bola oladi, yuridik shaxslar esa bunday huquqqa ega emas. Iste’molchi iqtisodiy munosabatlarda zaif tomon sifatida shartnomaviy munosabatlarda ustuvor huquqqa ega hisoblanadi. O’z navbatida iste’molchilar huquqlari nimalardan iborat degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan iste’molchilar quydagi huquqlarga ega:

Tovar ish, xizmat haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchi haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish. Ushbu qoida ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi, bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi, ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchi haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etilishi va mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishini o‘z ichiga qamrab oladi.

Iste’molchilarning tovar ish, xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi kerakligi bo’yicha huquqlarida tovar ish, xizmatning xavfsiz bo‘lishi, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar ish, xizmatlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi, bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning ishlarning, xizmatlarning ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi lozimligi anglashiladi.

Shuningdek, iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar ish, xizmat shuningdek, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi kabi huquqlarida tovar ish, xizmatning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi ishlab chiqaruvchi, ijrochi tomonidan qoplanishi lozimligi, shu bilan birga iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat yaroqlilik muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan ish, xizmat qabul qilingan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa, qoplanishi lozimligi va iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozimligi, ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshirilishidir

Iste’molchi buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega. Bu huquq o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan davlat iste’molchilarning tovar, ish, xizmat sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar. Bundan tashqari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari sifatida quydagilarni ko’rsatilgan:

1.    O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi;

2.    O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;

3.     O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

4.     O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;

5.     O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

6.     iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlaridir.

Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasiga asosan ishlab chiqaruvchining ijrochining, sotuvchining mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi qonunchilikda belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste’molchilarga tovarlar ishlar, xizmatlar to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni ishlarni, xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar ish, xizmat tufayli iste’molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yuristlar malaka oshirish markazi
kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi
katta o’qituvchisi Dehqanov Raxmatilla