+998 71 200 02 35

Intellektual mulk departamenti va Intellektual mulk markazi xodimlarining malakalari oshirilmoqda

27.08.2024 1440

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Intellektual mulk departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi xodimlari uchun “intellektual mulk sohasida korrupsiyaviy xavf xatarlarga qarshi kurashish masalalari” qisqa muddatli onlayn o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda.

Dars mashg'ulotlarimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tomonidan olib borilmoqda.

 Dars mashg'ulotlari davomida tinglovchilar:

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari;
  • intellektual mulk sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish;
  • xodimlarning odob-axloq qoidalari va ularga rioya qilmaslik uchun javobgarlik;
  • manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uni hal qilish choralari va boshqa sohaga oid mavzular yuzasidan malakalarini oshiradilar.