+998 71 200 02 35

Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb masalalari muhokama qilindi

15.08.2024 1467

Ijtimoiy adolatni amalga oshirish uchun ayol va erkaklarning jamiyat hayotida tengligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir.

Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamkorligida gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb masalalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent Maripova Sevarxon Aribjanovna tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini yanada yuksaltirish, yangilanib borayotgan O‘zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari, ayollar huquqlarining milliy qonunchiligimizda qay darajada himoya qilinganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Gender tenglik sohasidagi kamsitishlar va ayollar huquqlari buzilishining oldini olish masalalari, O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi qonunchilik, uni takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarning yechimlari alohida muhokama mavzusiga aylandi.

Tadbir yakunida xotin-qizlar tomonidan takliflar va mulohazalar tinglandi.