+998 71 200 02 35

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va boshpana izlovchilar masalalari

14.05.2024 717

Joriy yilning 14-may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha agentligi hamkorligida Samarqand shahrida “Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va boshpana izlovchilar masalalari” mavzusida mini konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad - fuqaroligi bo‘lmagan va boshpana masalalari bo‘yicha salohiyatini mustahkamlash, fuqaroligi bo‘lmaganlarni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish, ushbu muammolarni hal etish amaliyoti bilan boʻlishish hamda mutaxassislar va keng jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi maydonini yaratishdan iborat.

Konferensiyada Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Xayriddin Fayziyev, UNHCR huquqiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Ra’no Saydumarova, UNHCR huquqiy maslahatchi Hanife Karimi, UNHCR fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar masalalari bo‘yicha maslahatchi Sergey Gayna o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Asosiy ma’ruzalar, muhokamalar, erkin fikr almashish, tadbir ishtirokchilarining nazariy va amaliy ishlanmalari bilan tanishish tarzida olib borilgan ushbu konferensiya yakunida fuqaroligi bo‘lmaganlarni kamaytirish va oldini olish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.