Yuristlar malakasini oshirish markazida turli yoʻnalishlar boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslarimiz boshlandi. Ushbu haftadan advokatlar, yuriskonsultlar, notariuslar, mediatorlikka nomzodlar, maqsadli manzilli hamda qisqa muddatli kurslarda jami 9 ta guruhda 211 ta tinglovchi mashgʻulotlarda qatnashmoqdalar.
Kurslarimiz anʼanaviy va masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkazilib, unga Markaz professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda amaliyotchi mutaxassislar ham jalb qilingan.