Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olayotgan navbatdagi advokatlar guruhi tinglovchilari uchun “Binar” shaklida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/70711b489eae3fc2171ac.jpg)
O‘quv mashg‘uloti Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari M.Isroilov va A.Fattaxovlar tomonidan “Soliqlar turlari va soliqqa tortilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
![](https://telegra.ph/file/4789ff097d5f2a2b9fe13.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f0512229519613b91e653.jpg)
Dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish, bekor qilish tartibiga doir masalalar va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.