+998 71 200 02 35

Adliya vazirligi va AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

30.08.2024 1181

 

Joriy yilning 27-29-avgust kunlari Jizzax va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamkorligidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish rejasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich ishtirok etdi.

Tadbir amaliy tarzda tashkil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, unda aholining ishtirokini kuchaytirish masalalarida fikr almashildi. 

O‘z navbatida vakolatli organ sifatida adliya boshqarmasi tomonidan ushbu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.