O`quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2019 yil 27 iyundagi 531-son qarori bilan tashkil qilingan.
Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug`i bilan tasdiqlangan O`quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi Nizomiga amal qiladi.
Bo`lim Markazning tarkibiy tuzilmasining bo`g`ini hisoblanadi va uning tarkibi Markaz tuzilmasiga asosan belgilanadi.
Bo`lim Markaz direktori hamda direktorning o`quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo`yicha birinchi o`rinbosariga bo`ysunadi.
Bo`lim tarkibi bo`lim boshlig`i va 2 nafar bosh mutaxassisdan iborat.
Bo`lim tashkil etilgan paytdan 2020 yilning fevral oyigacha bo`limga Sh.Xasanov rahbarlik qilgan.
2020 yilning 21 fevralidan bo`limga 2-darajali adliya maslahatchisi – Yusupbayeva Altingul Kenesbayevna rahbarlik qilmoqda.
Bo`limning asosiy vazifalari:
Tinglovchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslariga qabul qilish bilan bog`liq xujjatlarni tayyorlanishini ta’minlash;
tashkil etilgan tinglovchilar guruhi bo`yicha bo`yruq loyihasini tayyorlash va o`rnatilgan tartibda tasdiqlatish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslariga kelgan tinglovchilarning shaxsiy anketalarini yig`ish;
Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga yo`riqnomalar berish;
o`quv guruhi jurnallarini tuzish;
o`quv mashg`ulotlarning dars jadvallariga muvofiq o`tkazilishini ta’minlash;
tinglovchilarning o`quv mashg`ulotlarda qatnashishlarini nazorat qilish;
o`quv mashg`ulotlarini o`quv vositalar bilan ta’minlash;
yakuniy imtihon yoki sinov qaydnomalarini tayyorlash;
tinglovchilarga bog`liq bo`lgan tegishli buyruqlar bilan ishlash;
qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlarni (guvohnoma, diplom, ma’lumotnoma) tayyorlash.
Bo`limning telefon raqami: + 99871 234-54-30.