+998 71 200 02 35

YURISTLAR XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA

03.06.2024 437

Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda mazkur bankning yuridik xizmat xodimlari uchun xorijiy davlatlarda malaka oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Dastlabki malaka oshirish kursi doirasida bankning 10 nafar yuridik xizmat xodimlari Tukiya davlatiga yuborildi.

 

Tashrif davomida Turkiya bank yuridik xizmati bilan yaqindan tanishish, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish, Istambul moliya markazi (IFC), Prezidentlik moliya ofisi (Istambul), Turkiya Markaziy banki, Turkiya energetik masalalar bo‘yicha hakamlik markaziga tashriflar rejalashtirilgan. 

Ushbu o‘quv mashg‘ulotini tashkil etishdan maqsad - bank yuridik xizmat xodimlariga asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlar berish hamda ushbu sohaga oid xorij (Turkiya Respublikasi misolida) tajribalarini o‘rgatishdan iborat.