+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Buyurtmalar portfelini shakllantirish” dolzarb haftaligi boshlandi

18.12.2023 1102

Tadbir davomida Markaz professor-oʻqituvchilari va boʻlim boshliqlari tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga tashrif buyurgan holda 2024-yil uchun taqsimot rejalarini tuzish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek,  oʻquv dasturlari, yangi mavzular boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish yuzasidan buyurtmachilarning taklif mulohazalari tinglanadi.

Dastlabki uchrashuv Oʻzbekiston Notarial palatasida oʻtkazildi. Palata rahbariyati va mutaxassislarining notariuslar malakalarini oshirish yuzasidan mavjud oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirish, amaliyotdagi muammolar yechimiga qaratilgan  qisqa muddatli kurslarni muntazam tashkil etib borish borasidagi fikrlari eshitildi.