2018-yil qabul qilingan “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq mamlakatimizda professional mediatorlarni tayyorlash maqsadida 2019-yil sentyabr oyidan boshlab Markazda mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish tashkil etildi.
Oʻtgan davr mobaynida Markazda 700 dan ortiq mediatorlar tayyorlandi. Shundan 471 tasini notariuslar tashkil etadi.
Mediatorlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarida tinglovchilar oʻqish jaryonida muzokaralar olib borish texnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish haqida tayanch bilimlar olish bilan bir qatorda nizolarni hal qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantiradilar.
Oʻquv jarayoni maʼruzalar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkaziladi. Nizoli jarayonlarning imitatsiyasi, sayyor mashgʻulotlar, “keys-stadi”, jamoada taʼlim shakllari qoʻllaniladi.
Oʻquv kurslariga Markaz professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda soha yoʻnalishi boʻyicha amaliyotda faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassislar hamda xorijiy yetakchi professionallar jalb qilinib kelinmoqda.
Mazkur oʻquv kursini bitirgan tinglovchilar har hil turdagi nizolarni sudgacha hal etishda katnashish huquqiga ham ega boʻladilar.
Kelgusida 100% notariuslarni mediatorlikka oʻqitish rejalashtirilgan.