2021-yil 29-oktyabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hamkorligida malaka oshirishning masofaviy onlayn shaklida malakalarini oshirgan advokatlar bilan yakuniy suhbat boʻlib oʻtdi.
Yakuniy suhbatni Komissiya raisi - Respublika Advokatlar palatasining raisi Alim Ernazarov, Yuristlar malakasini oshirish markazi Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, komissiya aʼzosi Sevarxon Maripova hamda Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta oʻqituvchisi, komissiya aʼzosi Rafik Shakurovlar olib bordilar.
Suhbat jarayonlari yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan maxsus oʻquv dasturlari asosida boʻlib oʻtdi.