Ilmiy kengash yigʻilishida Markazda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan majlis yakuniga koʻra Markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida oʻqishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlar va sifatli oʻquv kontentlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.