Joriy yilning 10-yanvar kuni Xorazm viloyati yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xizmati rahbar va xodimlari uchun maqsadli-manzilli o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ilk kurslarimiz Markaz kafedra mudiri X.Fayziyev ishtirokida “XODIMLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHGA OID QONUNCHILIKNI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI” mavzusida bo'lib o'tdi.
Unda xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga oid qonunchilikni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.