+998 71 200 02 35

“Yangi mehnat kodeksi bilan mehnat jamoalarida” aksiyasiga START berildi.

27.09.2023 950

Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati turli tashkilotlar, muassasalar, oliy ta’lim dargohlarida, tadbirkorlik sub’ektlarida targ‘ibot qilinmoqda.

Jumladan, Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari hamkorlikda hududlardagi turli mehnat jamoalariga tashrif buyurib, yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha tushuntirishlar berishmoqda. Dastlabki tadbirimiz Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tdi. Joriy yilning 27-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri X.Fayziev, TDYU Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti M.Raximov, kafedra katta o`qituvchisi M.Karimjonovlar ishtirokida viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati, kodeksni amaliyotda qo'llashda yuzaga kelayotgan muammolar bo'yicha boshqarmaning kadrlar bo'limi, huquqshunosi hamda rahbar xodimlariga atroflicha tusuntirishlar berildi. 

Shu bilan birga, yangi Mehnat kodeksida xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shilganligi ham aytib o'tildi.