+998 71 200 02 35

YANGI KURSLARGA START BERILDI

02.04.2024 1276

Unda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi va uning o‘rinbosari hamda hududiy boshqarmalari boshliqlarining malakalari oshirilmoqda.  

Mazkur o‘quv kursimizda Markazning malakali professor-o‘qituvchilari bilan birga, yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchilar dars olib boradilar. Jumladan, bugungi o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimi R.Abdugabbarov tomonidan "Notarius maqomiga ega bo‘lish va uning maqomini to‘xtatib turish va tugatish" hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mita raisi J.Shirinov tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati" mavzularida o‘tkazildi.

Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi