Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining (Sloveniya) Oʻzbekistondagi filialining huquq boʻyicha eksperti, Sloveniya korrupsiya boʻyicha xabardor etish Komissiyasi bosh komissari - Goran Klemenchich bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni oʻtish, oʻquv kurslariga xalqaro ekspertlarni, xususan Yevropa davlatlarining yetuk mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek soha boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga seminar treninglar oʻtish masalalari kelishib olindi.
Bundan tashqari, Markaz va Mintaqaviy muloqot XNT hamkorligida yuridik kolledj oʻqituvchilarini oʻqitish va malakasini oshirish hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish masalalri ham muhokama qilindi.