+998 71 200 02 35

#trening

26.06.2023 1235

Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, bugun, 26-iyun kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari uchun "Norma" kompaniyasi direktori Xurshid Sodiqov ishtirokida “Yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Tadbirda qonunchilik sohasida raqamli texnologiyaning o‘rni va roli, shuningdek, bir necha xorijiy davlatlar tajribasi bo‘yicha artoflicha ma‘lumotlar berildi.