+998 71 200 02 35

Targ‘ibot tadbirlari Navoiy viloyatida davom etmoqda

29.09.2023 569

Tadbirlarning navbatdagisi adliya boshqarmasida davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Muloqotda mehnat qonunchiligi talablari, xususan, avvalgi va yangi tahrirdagi “Mehnat kodesi”ning o‘xshash va farqli jihatlari, tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar mazmuni va uning yuridik tahlili, qonunchilikka ko‘ra javob berish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.