Singapur davlatida Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti (HRXT) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamkorligida tashkil etilgan “Singapur konvensiya haftaligi 2024” mediatsiya, nizolarni hal qilish, arbitraj, vositachilikka oid qizg'in muhokamalarga boy tarzda bo'lib o'tmoqda.
Unda Yuristlar malakasini oshirish markazi "Xususiy-huquqiy fanlar" kafedrasi mudiri, (PhD) Maripova Sevarxon Aribjanovna ishtirok etmoqda.
Singapur konventsiyasi haftaligi (SC Week) 2019-yildan beri Singapur davlatida o'tkazilib kelinadi. Bu yilgi Singapur konventsiyasi haftaligi 2024-yil 26-avgust kunidan 30-avgustgacha boʻlib oʻtadi.