Joriy yilning 3-oktabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi “Huquqiy islohotlar” dasturi tomonidan “Qonun ustuvorligi va barcha uchun adolatni ta’minlash sari yo‘l” mavzusida yakuniy konferensiya tashkil etildi.
Mazkur konferensiyada Adliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va boshqa davlat organlari hamda muassasalari qatorida Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Abdullayeva Shaxzoda Sobitovna va Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Jalolov O‘tkir Sayfuddinovichlar ishtirok etishdi.