+998 71 200 02 35

Professional mediatorlar ishtirokida seminar-trening

13.12.2021 2194

Yuristlar malakasini oshirish markazida turli soha vakillarini mediatorlikka tayyorlash oʻquv  mashgʻulotlarining qiziqarli oʻtishi hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar boʻyicha toʻgʻri yoʻnalish berish maqsadida kurs  tinglovchilari uchun Toshkent mediatsiya markazi direktori Kimsanov D. hamda professional mediator, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsent v.b. Sodiqov S.lar ishtirokida “Mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya orqali hal etishning oʻziga xos xususiyatlari”  mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Savol-javob shaklida oʻtgan mashgʻulot davomida tinglovchilar oʻz kasbiy faoliyatlariga bogʻliq yangiliklar yuzasidan batafsil maʼlumot oldilar.