+998 71 200 02 35

6 oylik masofaviy qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihon kunlari ma'lum

02.06.2025 41

Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 10-13-iyun kunlari o'tkaziladi. 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:  

1. ID karta (pasport) asli va nusxasi;  

2. oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari); 

3. 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.  

Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Katta Darxon 6 (Mo‘ljal: Ekskavator zavodi, 58-avtobus yo'nalishi oxirgi bekati) manziliga yetib kelishlarini so'raymiz. 

Manzil: Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Katta Darxon 6

Imtihon aniq vaqti to‘g‘risida har bir talabgor kesimida xabar berildi!

tel.:71 233 22 14,   71 233-66-36 (1018)