Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani 344-maktab va 101-maxsus maktab internati o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.
O'quvchilarga Markazdagi sharoitlar, o‘quv kurslari, Markazning Axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, yoshlarga motivatsiya berish, ularda o‘ziga ishonchi hissini rivojlantirish bo‘yicha Markaz Rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.