+998 55 518 57 77

Notariuslikka talabgorlarga MUHIM XABAR!

23.02.2026 71

Notarius bo‘lishni rejalashtiryapsizmi? Endi buning uchun aniq belgilangan tartib va professional o‘quv kurslari mavjud!

 

O‘quv kurslari qayerda va qanday o‘tkaziladi?

- Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (an'anaviy yoki masofaviy)

- Institut bilan tuzilgan shartnomaga asosan

- 72 soatlik o‘quv dasturi asosida

- Tinglovchilar elektron yoki yozma shakldagi ariza bilan Institutga murojaat qiladi

- Pochta manzil: minjusttraining@adliya.uz

 

O‘quv jarayoni:

25 nafardan oshmagan akademik guruhlar olib boriladi

 

 Baholash va sertifikat:

 - Yakunda suhbat shaklida imtihon

 - 100 ballik tizim asosida baholash

 - Kamida 56% ball to‘plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi

 

Agar siz notariuslik faoliyatiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, bu kurs siz uchun muhim va majburiy bosqich hisoblanadi!

Batafsil ma’lumot va yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalni kuzatib boring!

+998 55 518 47 77