+998 71 200 02 35

“NAJOT – TA’LIMDA, NAJOT – TARBIYADA, NAJOT – BILIMDA”

18.01.2023 13922

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea.

2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Murojaatnomalarda ko‘tarilgan masalalar dunyo hamjamiyati va jamotchilik e’tiborini o‘zgi tortmoqda.

Agar ushbu muhim siyosiy voqeani tadrijiy ma’noda ko‘rib chiqilsa, quyidagilarga guvoh bo‘lamiz:

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

2017 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezidentning parlament palatalariga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari o‘z Murojaatnomasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017 yil yakunlarini sarhisob qilib, O‘zbekistonni yaqin istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

2018 yilgi murojaatnomasida prezident kelayotgan yil og‘ir bo‘lishini, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ko‘p narsani, jumladan, dunyoqarashni ham o‘zgartirish zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbari investitsiyalar endi kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalish bo‘lishini ta’kidladi. Mirziyoevning so‘zlariga ko‘ra, qulay sarmoyaviy muhit yaratmasdan turib kelajakni qurish mumkin emas.

2020 yil – Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

Prezidentning 2020 yil 24 yanvar kuni Toshkent shahar Kongresslar zalida Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasini e’lon qildi. Unda Shavkat Mirziyoev 2020 yilni “Ilm, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabulni oshirish pullik ta’lim hisobiga bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlab, davlat grantlari hisobidan talabalar ulushini ikki barobarga oshirishni taklif qildi. Universitetlar haqiqatan ham talab qilinadigan bilimlarni berishi kerak, dedi davlat rahbari.

2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Shavkat Mirziyoev 2021 yil uchun ham yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishni belgilab berdi. Prezident tomonidan 2021 yil oxirigacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 65 foizga, 2023 yil oxiriga qadar esa 75 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Davlat rahbari 2021 yilda 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabning moddiy-texnik bazasini ta’mirlash va yaxshilash uchun byudjetdan 2 trillion so‘m, shuningdek, 2021 yilda 2 trillion so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilishini ta’kidladi. 2000 ta nodavlat bolalar bog‘chalarini tashkil etish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

2022 yil – Inson manfaatlarini ta’minlash va mahallani mustahkamlash yili

Shavkat Mirziyoev ushbu bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlar orqaga qaytmas nuqtaga yetganini ta’kidlab o‘tdi. Ularni chuqurlashtirish maqsadida Yangi O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Uning asosiy tamoyili Hamma narsa inson sha’ni va qadr-qimmati uchun”dir.

Biz uchun bu, eng avvalo, har bir O‘zbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashdir. Bunda jamiyatimiz poydevori bo‘lgan mahalla hal qiluvchi ahamiyatga ega. Darhaqiqat, mahalla tinchligi butun yurt tinchligidir. Obod mahalla – obod yurt. Shunday ekan, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish asosiy mezon bo‘ladi. Tinchlik va barqarorlikni ta’minlash biz uchun eng muhim vazifadir”degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev.

2023 yilInsonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bu yilgi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatimizda inson qadri va manfaati ustuvor ekanligini amalda yana bir bor o‘z isbotini topdi.

2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb belgilangani halqimizni cheksiz quvontirdi. Zero, Murojaatnomani shunchaki qabul qilish mumkin emas, u hayotimiz uchun muhim dasturilamaldir. Murojaatni tinglagan yoki o‘qigan har bir inson unda olg‘a surilgan ezgu da’vatdan ruhlangan, kuch olgan, keng taassurotlarga ega bo‘lgan, o‘rinli xulosalar chiqargan bo‘lishi tabiiy.  

Murojatnomada ta’limni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga e’tibor qaratib, kelgusida amalga oshirilishi nazarda tutilgan aniq vazifalar belgilab berildi. O‘ylaymanki, kelajak yo‘lida qayg‘urish bizga suv va havodek zarur. Bu masalaga befarq qarab, keyinga qoldirib bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari buni to‘la anglab, e’tibor qaratgani ko‘ngildagi gap bo‘ldi.  

Yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboli, Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligiga daxldor harakatlarni belgilab berishi aniq. Aniq maqsadlar bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.

Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi, yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq belgilab berildi. Masalaga ongli tarzda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti, odamlar farovonligi haqida so‘zlash behuda. Bugungi davrning talabi ham shu.

Ilm-ma’rifat taraqqiyot ko‘zi bo‘lsa, tarbiya uning miyasi, ta’lim esa yuragidir. Shu boisdan ham Murojaatnomadagi “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”, degan o‘gitlar barchamizni jiddiy o‘ylashga chorlaydi.  

Murojaatnomani halqimiz diqqat-e’tibor, zo‘r quvonch bilan tingladilar. Unda, davlatimiz buguni va kelajagiga taalluqli, mamlakatimizni 2023 yilda har tomonlama rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish va eng muhimi, xalqimiz farovonligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.  

Oldimizga qo‘yilgan maqsadlar aniq. Ularni amalga oshirishda har bir ishchi-xodim, konchilarimizdan halol va kasbga sadoqat bilan mehnat qilish talab etiladi. Buning uchun eskicha yondashuv va qarashlardan voz kechib, ildam harakat qilishimiz kerak.

Ta’kidlash joizki, Murojaatnoma inson qadri va erkinliklarini ulug‘lashga, kelajak avlod uchun sifatli ta’limni joriy etishga, korrupsiyasiz jamiyatni yaratishga, tadbirkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ekologiya, global muammolarni hal etishga va xalqimiz orasida milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.

Murojaatnoma yuksak tashabbuslar, g‘oyalar va fikrlar mushtarakligini o‘zida mujassam etdi. Bu, hammamiz uchun chorlov ekanini yurtdoshlarimiz qatorida men ham chuqur his etdim.

 Altingul Yusupbaeva

Yuristlar Malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i