+998 71 200 02 35

MEHNATGA YARASHA MUNOSIB RAGʻBAT

28.08.2023 996

Yuristlar malakasini oshirish markazi va  Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik memorandumiga asosan,  tashkilotlar bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelishmoqda.  Oʻzaro hamkorlik davomida oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, fidoyi mehnati bilan hurmat qozongan Markaz  masʼullari taqdirlandilar.

Notarial palata tomonidan taʼsis etilgan “Notariat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori v.v.b. Sh.Saidov va Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi boshligʻi  A.Yusupbayeva Notarial palata  rahbari D.Ashurov tomonidan munosib  taqdirlandi.