Yuristlar malakasini oshirish markazida AQSH Halqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Singapurlik ekspert, mediator Aloiziusa Go ishtirokida mediatsiya masalalariga bagʻishlangan videokonferensiya aloqa vositalari usulida onlayn trening oʻtkazildi.
Trening natijalari boʻyicha Markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlariga Yuridik kadrlarni Halqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining mediatorlik sertifikatlari topshirildi.