+998 71 200 02 35

Mavzu: «Buxgalteriyaga oid» Hisob siyosatida nimalar hisobga olinadi

26.01.2026 112

“Buxgalteriyaga oid hisob siyosati” — bu korxonada buxgalteriya hisobini qanday yuritish belgilab beriladigan ichki hujjat. Unda asosan qaysi usullar va qoidalar tanlangani ko‘rsatiladi. Odatda hisob siyosatida quyidagilar hisobga olib yoziladi:

1. Umumiy qoidalar

  • Hisob siyosatining maqsadi va amal qilish doirasi
  • Qaysi qonunlar va BHMS (yoki MHXS) asos qilib olingani
  • Hisobot davri

2. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibi

  • Hisobni kim yuritadi (buxgalter, tashqi firma, avtomatlashtirilgan dastur)
  • Hisob shakli (jurnal-order, avtomatlashtirilgan va h.k.)
  • Dasturiy ta’minot (masalan, 1C, SAP va boshqalar)

3. Aktivlar hisobini yuritish

  • Asosiy vositalar:
    • Baholash usuli
    • Amortizatsiya usuli (to‘g‘ri chiziqli, kamayib boruvchi va b.)
  • Nomoddiy aktivlar hisobini yuritish
  • Tovar-moddiy zaxiralar:
    • Kirim-chiqim baholash usuli (FIFO, o‘rtacha baho va h.k.)

4. Majburiyatlar va kapital

  • Kreditorlik va debitorlik qarzlarini hisobga olish tartibi
  • Rezervlar shakllantirish qoidalari
  • Ustav kapitali va qo‘shimcha kapital hisobini yuritish

5. Daromad va xarajatlar

  • Daromadni tan olish vaqti
  • Xarajatlarni tasniflash va hisobga olish tartibi
  • Ishlab chiqarish va davr xarajatlari

6. Hisobot tuzish

  • Moliyaviy hisobot shakllari
  • Hisobotlarni topshirish muddatlari
  • Ichki va tashqi foydalanuvchilar

7. Inventarizatsiya va nazorat

  • Inventarizatsiya o‘tkazish muddati va tartibi
  • Ichki nazorat tizimidan iboratdir,

 

Respublikasda “Buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatlari”ni yozish haqida kop tushuntirishlar berilmoqda, vebinarlar o‘tkazilinib kelinmoqda. Shunga qaramay buxgalterlarda savollar yuzaga kelmoqda.

Masalan:

1. Mulkdor almashganda yoki korxona qayta tashkil etilganda eskirishni hisoblash usulini o‘zgartirish mumkinmi?

– Ha, mumkin. Mulkdor almashgan yoki qayta tashkil etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab o‘zgartirishlar kiritiladi, tegishincha, buxgalteriya hisobi maqsadlarida Hisob siyosatiga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi.

2. Kichik biznes 3 yilda bir marta asosiy vositalarni qayta baholashi majburiymi?

– Kichik biznesga 3 yilda bir marta asosiy fondlarni majburiy qayta baholashni o‘tkazishga ruxsat berilgan. Biroq korxona buni har yili amalga oshirishi ham mumkin. «3 yilda bir marta» bo‘lgan davriylikda qayta baholash yilida asosiy fondlar qiymati, tegishincha, eskirish bo‘yicha xarajatlar ham juda oshib ketadi.

Eskirish bo‘yicha xarajatlar mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxining tarkibiy qismi ekanligi bois salmoqli fondga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlarga qayta baholashni har yili o‘tkazishni tavsiya etamiz. Bu eskirish bo‘yicha xarajatlarning tannarxga va davr xarajatlariga bir maromda kiritilishini ta‘minlaydi.

3. Hisob siyosati maxfiy hujjat hisoblanadimi?

– Hisob siyosati – maxfiy hujjat emas, sababi unda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hisob yuritish qoidalari aks ettirilgan.

Umuman olganda buxgalteriya hisobini yuritish maxfiylikni talab etadi. Buxgalteriya hisobi registlari mazmuni bilan tanishishga faqat xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbarining ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Maxfiylikka rioya qilmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi

4. TMZ uchun qarzlar boʼyicha xarajatlarni kapitallashtirish mumkinmi?

– Qarzlar bo‘yicha xarajatlar – xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan qarz mablag‘larini olish sababli amalga oshirilgan foizli va boshqa xarajatlar.

Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilinishi lozim. Belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish yoki sotish uchun tayyorlash albatta salmoqli vaqtni talab qiladigan aktiv kvalifikatsiyalangan aktiv deb hisoblanadi.

5. Hisobdagi fundamental xatolar deganda nimalar tushuniladi, ularni qanday tuzatish mumkin?

Fundamental (muhim) xatolar – joriy davrda aniqlangan xatolar bo‘lib, ular shu qadar muhim bo‘ladiki, o‘tgan davrlar moliyaviy hisobotlari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas.

Korxona fundamenal xatolar miqdorini Hisob siyosatini ishlab chiqish chog‘ida mustaqil ravishda belgilaydi. O‘tgan hisobot davridagi sof foydadan yoki sof aktivlar summasidan foiz nisbatini ularni belgilash uchun asos qilib olish mumkin.

Joriy hamda o‘tgan yil hisobot ma’lumotlarini (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi. Bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) ma’lumotlariga kiritiladi.

O‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan fundamental (muhim) xatolarni tuzatish summasi moliyaviy hisobotda (balansda) yil boshidagi taqsimlanmagan foyda salьdosini o‘zgartirish orqali hamda aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning boshqa moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yo‘li bilan aks ettirilishi mumkin.

Misol:

Fundamental xatoni qanday qilib eng maqbul usulda tuzatish mumkin

Korxonaning Hisob siyosatida belgilanishicha, xato aniqlangan paytda u taqsimlanmagan foyda summasining 3%i va va undan ortiqni tashkil etsa, fundamental xato deb baholanadi (Kt 8710). Joriy balansga ko‘ra 8710-schyotda – 100 mln so‘m. Shu tariqa xato 3 mln so‘mga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, muhim xato bo‘ladi.

2024 yil fevralda ma‘lum bo‘lishicha, yetkazib beruvchi 2023 yil dekabr oyi uchun 3 200 000 so‘mlik summadagi hisobvaraq-fakturani o‘z vaqtida taqdim etmagan ekan. Korxona uchun bu – fundamental xato. Korxonada tanlash imkoni mavjud:

1)    yil boshidagi taqsimlanmagan foydani o‘zgartirib, xatoni tuzatish:

 

Dт 8710

Кт 6900

–3 200,0 ming.som

Jadvalni yoyish

Ushbu usul qo‘llanganda 2023 yil uchun moliyaviy hisobot qayta topshirilmaydi. Biroq 2023 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirayotganda tushuntirish xatida nima uchun taqsimlanmagan foyda va majburiyatlar salьdosi farqlanishini izohlab berish lozim.

2) o‘tgan yil uchun ma‘lumotlarga tuzatish kiritish.

Bu holda buxgalter o‘tgan yil uchun buxgalteriya registlarini «ochishi», 2023 yil dekabr oyi uchun yillik moliyaviy va soliq hisobotlariga tuzatish kiritib, qayta topshirishi shart:

Dт 9400
yoki   Dт 2000

Кт 6900

–3 200,0 ming.s’om

Jadvalni yoyish

Xaridor va xizmatlarni yetkazib beruvchi 2023 yilda umumbelgilangan soliqlar (sh.j. – QQS) to‘lovchisi bo‘lgan taqdirda, fikrimizcha, xatoni tuzatishning ikkinchi usulidan foydalangan maʼqul:

Dт 2000 yoki   Dт 9400 –2 782, 6 ming.so‘m

Dт 4400 –417,4 ming.som

Кт 6900 –3 200,0 ming.som

Jadvalni yoyish

6. Buxgalteriyaga oid dasturiy mahsulotlar, masalan, «1S-Korxona»ni xarid qilish nomoddiy aktiv hisoblanadimi?

Korxona mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan ob‘ektlar nomoddiy aktivlar jumlasiga kirishi mumkin. Buxgalteriyaga oid dasturiy mahsulotlarni xarid qilish shartnomasiga ko‘ra mutlaq bo‘lmagan huquqlar berilayotgan bo‘lsa, bunday mahsulotlarni NMА deb hisoblab bo‘lmaydi.

Bu holda buxgalteriyaga oid dasturiy mahsulotlarni xarid qilish xarajatlari davr xarajatlariga kiritilishi kerak bo‘ladi.

Misol uchun:

Buxgalteriya dasturlari qiymatini hisobdan chiqarishni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak:

korxona buxgalteriya dasturidan foydalanish uchun mutlaq bo‘lmagan huquqni 15 mln so‘mga xarid qildi. Korxonada tanlash imkoni mavjud:

1)    mahsulot qiymatining butun summasini biryo‘la hisobdan chiqarish

 

Дт 9400

Кт 6900

15 000,0 ming.som

Jadvalni yoyish

Yoki Hisob siyosatiga muvofiq:

2) shartnomada nazarda tutilgan mahsulotdan foydalanish davri mobaynida qiymatini hisobdan chiqarish.

12 oyga foydalanish huquqi berilgan, deylik.

15 000 ming so‘m : 12 = oyiga 1 250 ming so‘m.

Shunda qiymatning hisobdan chiqarilishi har oy, yil davomida teng summalarda aks ettiriladi:

 

Дт 3190

Кт 6900

1 250,0 ming.som

Дт 9400

Кт 3190

1 250,0 ming.som

Jadvalni yoyish

Koʼrsatilgan davr mobaynida korxona tugatish haqida qaror qabul qilsa, o‘zini bankrot deb e’lon qilsa yoki dasturiy mahsulotdan foydalanishdan voz kechsa va 3190-schyotda foydalanilmagan summa qolsa, shartnoma shartlariga ko‘ra foydalanilmagan summaning qaytarilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoldiq biryo‘la – 3190-schyotda qolgan summada hisobdan chiqariladi.

 

Buxgalteriyaga oid Hisob siyosatida hisobotning barcha elementlari bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish usullari quyidagicha tavsiflanishi lozim:

 

Hisobot elementi            -                                      Usul

 

Аsosiy vositalar              -                   BHMga teng summa, undan ortiq mol-mulk

АV sifatida hisobga olinadi

 

АVning eskirishi             -                  To‘g‘ri chiziqli / ishlab chiqarish /

jadallashtirilgan

АVni joriy taʼmirlash

uchun xarajatlar               -                  Darhol davr xarajatlariga / kelgusi xarajatlar

zaxirasini yaratishga

TMQ qiymati hisobini

Yuritish                           -         Haqiqiy qiymati / sotish qiymati / FIFO / AVECO

usuli bo‘yicha hisob yuritish qiymati

Tovarlarni xarid qilish

bo‘yicha qo‘shimcha

xarajatlar                         -         Tovarlar tannarxiga / sotish bo‘yicha xarajatlarga

 

TMQni arzonlashtirish    -         Qadrsizlanish yuzasidan test o‘tkazish sabablari,

davriyligi

Inventarni hisobdan

Chiqarish                        -         Darhol davr xarajatlariga / 10 BHMdan ortiq

kechiktirilgan xarajatlarga

Tayyor mahsulot

tannarxi

kalkulyatsiyasi                 -         Haqiqiy xarajatlar boʼyicha / normativ kalkulyatsiya

Brak, texnik chiqindilar, qo‘shimcha mahsulotlar  Tayyor mahsulot tannarxiga kiritish normalari

 

IChQXni taqsimlash        -         Tushumga / moddiy xarajatlarga / bevosita

xarajatlarga / ishlab chiqarishga mutanosib

 

8. Schyotlarning ishchi rejasi nimaga kerak, axir 21-son BHMS bor-ku deyish mumkin:

– Korxona Xo‘jalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma asosida o‘zining Schyotlarning ishchi rejasini mustaqil ravishda shakllantirib, uni Hisob siyosati komplektida tasdiqlaydi.

Masalan:

•         savdo korxonasi Schyotlarning ishchi rejasiga quyidagi schyotlarni kiritishi zarur emas: «Аsosiy ishlab chiqarish» 2000, 2300, «Tayyor mahsulot» 2800;

•         taʼlim xizmatlari ko‘rsatadigan korxona Schyotlarning ishchi rejasiga 2900 «Tovarlar» schyotini kiritmaydi;

•         korxonalar dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlarni tashkil etmasalar, 4900-schyotni ko‘rsatish kerak emas.

Korxona moliya yili davomida faoliyat sohasini o‘zgartirsa, Schyotlarning ishchi rejasiga doim qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritib, ularni korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlash mumkin.

Schyotlarning ishchi rejasiga izohda unda nazarda tutilmagan bir martalik xo‘jalik operatsiyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobda aks ettirilishini ham ko‘rsatishni tavsiya etiladi.

 

Buxgalteriya va reja-moliya

boʼlimi bosh mutaxassisi

Аlimov Аzamat