+998 71 200 02 35

MARKAZDA NAVBATDAGI XALQARO VEBINAR BOʻLIB OʻTDI

24.11.2021 2379

Yuristlar malakasini oshirish markazida Rossiya Federatsiyasi “Клуб независимых медиаторов” jamoat tashkiloti boshqaruvi raisi Rastorguyev Valeriy Leonidovich ishtirokida Markazning Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, mediator Sevarxon Maripova tomonidan “XORIJIY DAVLATLARDA MEDIATSIYA AMALIYOTI, TAJRIBASI VA TAHLILI: ROSSIYA FEDERATSIYASI” mavzusida xalqaro onlayn vebinar oʻtkazildi.

Vebinardan koʻzlangan maqsad mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullarini yanada takomillashtirish, mediatsiya sohasida mutaxassislarni malakasini oshirish, yetakchi xorijiy mediatsiya markazlari bilan hamkorlik oʻrnatish va tajriba almashishdan iborat.

Savol-javob shaklida oʻtgan trening davomida ishtirokchilar oʻz kasbiy faoliyatlariga bogʻliq masalalar yuzasidan batafsil maʼlumot oldilar.