21-22-dekabr kunlari Yuristlar malakasini oshirish markazida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar dasturi tomonidan “Yuridik taʼlim sohasida masofaviy interaktiv kurslarni ishlab chiqish va oʻtkazish metodikasi” nomli trening boʻlib oʻtdi.
Treningdan koʻzlangan asosiy maqsad - Markaz professor-oʻqituvchilarining huquq fanlarini oʻqitish jarayonida zamonaviy onlayn usullarini qoʻllash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat.
Oʻquv mashgʻulotlari Xalqaro Vestminster universiteti Huquq boʻlimi boshligʻi, yu.f.n. Ismanjanov A. tomonidan oʻtkazildi.
Trening jarayonida soʻroq va munozara metodlari, oʻquv koʻrgazma vositalari, “Elektron sinf” va kompyuter vositalaridan samarali foydalanish, simulyatsiya va rol oʻynash kabi mavzularda taqdimot va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.