+998 71 200 02 35

“Markaz direktori” kubogi uchun o’tkazilgan turnir g’oliblari aniqlandi.

30.06.2021 3154

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida  o’zaro hamjihatlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirishda sportning o’rni ahamiyatlidir.

Markazda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.   Jumladan, sportning  shaxmat, badminton, stol tennisi bo’yicha musobaqalar doimiy tarzda o’tkazib kelinmoqda.

 

Bularning ichida stol tennisi o’zining foydali  tomonlari bilan alohida ajralib turadi. Ushbu sport turi bilan shug’ullangan kishi stresslarga chidamli, jismonan sog’lom va kuchli bo’ladi.

 

2021 yil iyun oyida Markaz professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida o’tkazilgan sportning stol tennisi bo’yicha - Direktor kubogi musobaqasi  keskin kurashlarga boy bo’ldi. Unda har bir xodim kuch sinashdi. O’zaro bahslashgan o’yinlar natijasiga ko’ra musobaqa g’olibligi – ayollar o’rtasida Ta`lim jarayoni sifatini uslubiy ta`minlash, monitoring qilish va baxolash bo’limi bosh mutaxassisi Avazmetova Iroda, erkaklar o’rtasida Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Raxmanov Shuxrat Naimovich, va xodimlar o’rtasida Yangiev Damir g’olib bo’ldilar.

G’oliblarni Markaz direktori vazifasini bajaruvchisi Abrorjon Otajonov samimiy qutlab, ishlarida ulkan zafarlar tilab, diplom hamda qimmatbaho sovq’alar topshirdilar. Markaz hodimlari kelgusida o’tkaziladigan musobaqalarda bundan katta yutuqlarga erishishlariga tilakdosh ekanliklarini ta’kidlab o’tdilar.